Bepul o'quv dasturi

Bepul o'rgan — xatoingni real amaliyotchi to'g'irlaydi

Kasb almashtirmoqchisiz, lekin pullik kursga imkoningiz yo'q. Darsni o'tasiz, modul oxirida vazifa topshirasiz, kompaniyaning amaliyotchi xodimi tekshirib yozma fikr qoldiradi.

Qabul ochilganda platforma havolasi shu kanalda e'lon qilinadi.

Qanday ishlaydi

  1. 01

    Ariza qoldirasiz

    Qabul ochilganda kanalda e'lon beramiz. Ariza bir necha daqiqa vaqt oladi.

  2. 02

    Darslarni ko'rasiz

    Video darslar ketma-ket ochiladi, telefonda ham qulay. Har modul oxirida bitta amaliy vazifa bor.

  3. 03

    Mentor fikrini olasiz

    Ishingizni real kompaniyaning amaliyotchi xodimi tekshiradi va nimani qanday tuzatishni yozib beradi.

Tez-tez so'raladi

Rostdan bepulmi?

Ha. Darslar, vazifalar va mentor fikri uchun to'lov yo'q. Platformada pul harakati umuman yo'q.

Qancha vaqt ketadi?

Yo'nalishga qarab bir necha oy. Darslarni o'z tezligingizda ko'rasiz, mentor tekshiruvi progressni to'smaydi.

Sertifikat qanday?

Kursni tugatganingizda ichki guvohnoma beriladi. Bu davlat ta'lim hujjati emas.

Bir nechta yo'nalishga topshirsam bo'ladimi?

Bo'ladi. Har yo'nalish alohida ko'riladi va alohida kurs ochadi.

Qabul ochilishini kanaldan kuzating

O'rin cheklangan. E'lon va platforma havolasi kanalda chiqadi — saytni kuzatib turish shart emas.